“Kim nuqsonsiz juft xohlasa, boʻydoq yashaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

“Ey, Robbim! Meni va ota-onamni magʻfirat etgin!” degan duoni koʻp qiling! Chunki, bu duo oʻzida uchta ibodatni jamlaydi:

– duoni;

– ota-onaga yaxshilikni;

– istigʻforni.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

  • Kim aybsiz doʻst xohlasa, yolgʻiz yashaydi.
  • Kim nuqsonsiz juft xohlasa, boʻydoq yashaydi.
  • Kim muammolarsiz qadrdon xohlasa, oʻshanday qadrdonni izlab oʻtadi.
  • Kim komil qarindosh xohlasa, qarindoshlaridan aloqani uzgan holda yashaydi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Agar «Devorning ham qulogʻi bor» degan maqolni «Farishtaning qalami bor» degan gapga almashtirsak, odamlardan emas, Alloh taolodan qoʻrqib, gunohdan tiyiladigan va Uning Oʻzidan umid qiladigan avlod yetishib chiqqan boʻlardi.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

  • Ulamolarning yonida aqling bilan oʻtir.
  • Rahbarlarning yonida ilming bilan oʻtir.
  • Doʻstlarning yonida odobing bilan oʻtir.
  • Oila aʼzolaring yonida mehring bilan oʻtir.
  • Nodonlarning yonida halimliging bilan oʻtir.
  • Har bir joyning munosib gapi bor.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

  • Oqila ayol eriga aytadigan har bir gapiga shakar qoʻshib gapiradi.
  • Oqila ayol eriga aytadigan har bir gapidan tuzni olib tashlab gapiradi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Toʻrt kishi borki, ularni hayotingda yoʻqotib qoʻyishdan ehtiyot boʻl:

  1. Gʻazablanganingda sening gap-soʻzlaringga chidagan insonni;
  2. Yoʻqligingda seni gʻiybat, haqorat va boshqa narsalardan himoya qilgan insonni;
  3. Siqilgan paytingda seni xursand qilishga uringan insonni;
  4. Magʻlub boʻlganingda senga yordam bergan insonni.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

BESh TOIFA ODAM UYLANISHGA, OILA QURISHGA YAROQLI EMASLAR:

  1. DINDORLIGI KAM.
  2. AXLOQSIZ.
  3. BAXIL.
  4. AYOLLARGA KOʻZ OLAYTIRADIGAN.
  5. FEʼL-ATVORI, XARAKTERI YOMON.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

Faqirlar boylardan koʻra koʻproq qoʻli ochiqroq, saxiyroq boʻlishadi. Chunki, ular ehtiyoj sezgisi nimaligini juda yaxshi bilishadi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

– Menga jannatning neʼmatlarini vasf qilib ber, dedi.

– U yerda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam borlar, dedi.

“Xovatir roqiya jurnali”

*****

Hayotingdagi muhim shaxs – sen uning borligini his qiladigan emas, balki, sen uning yoʻqligini his qiladigan shaxsdir.

«Xovatir roqiya jurnali»

*****

Ey Robbim! Bizni rahmat nazaring bilan qarab, rahm qilgan, duolarini eshitib, ijobat qilgan bandalaringdan ayla!

Ey Robbim! Bizni, shukridan ojiz qoladigan neʼmat bilan rizqlantir! Bizni, sabridan ojiz qoladigan musibat bilan imtihon qilma!

«Xovatir roqiya jurnali»

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/kim-nuqsonsiz-juft-xohlasa-boydoq-yashaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x