KILAUELA — Gavayi o. dagi doimiy harakatdagi vulkan, Tinch okeanda, AQSH xududi. Bal. 1247 m. Bazalt lavalaridan tuzilgan yassi qalqonsimon konus boʻlib, krateri (vulqon ogʻzi) keng. Oxirgi marta 1983—85 y. larda kuchli otilgan. Gavayi milliy parki tarkibida. Vulkanologik st-ya ishlab turibdi.