KIGIZ BOSISH

KIGIZ BOSISHjun tolalaridan kigiz (namat) buyumlar tayyorlash. Kigiz bosishda jun tolalarining tuzilish xususiyatlari (dagʻal-mayinligiga, fizik-mexaniq xususiyatlari: plastikligi, elastikligi, choʻziluvchanligi, kirishuvchanligi va b.) ga ahamiyat beriladi. Ilgari Kigiz bosish, asosan, qoʻlda bajarilgan (q. Kigizchilik). Sanoatda Kigiz bosishda jun maxsus mashinalarda titilib, yumshatiladi, oʻnga maxsus suyuqlik (moy) sepiladi va mashinada aralash-tiriladi. Aralashma tarash mashinasidan oʻtkazilib, momiqolinadi. Momiq tekis qilib toʻshaladi, zichlash mashinasida zichlanadi, oʻnga sulfat k-ta eritmasi shimdiriladi, maxsus mashinada kerakli oʻlcham va zichlikkacha ishlanadi. Bu jarayon bir necha bosqichda bajariladi. Buyum mas, kigiz choʻzish mashinasida choʻzib, chetlari toʻgʻrilab turiladi, soʻngra bugʻli quritkichlarda quritiladi. Oxirida pardozlash mashinasidan oʻtkazilib, ortiqcha tuklari qirqib tashlanadi, presslanadi, ohorlanadi va silliqlanadi. Kigiz bosish usulida kigiz (namat), palos, piyma, patak va b. maqsulotlar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x