KIBELA — frigiyaliklar maʼbudasi. Tabiatning ishlab chikaruvchi kuchlari timsoli hisoblangan hamda «Buyuk ona» yoki «Maʼbudlar onasi» deb ulugʻlangan. Kibelaga eʼtiqod qilish Kichik Osiyo, Yunoniston, Italiya, keyin butun Rim imperiyasiga tarqaldi (mil. av. 204-y. dan Rimda Kibelaga sigʻinish davlat tomonidan belgilandi). Kohinlar Kibelaga sigʻinishni turli marosimlar (oʻz-oʻzini qiynash, qurbonlik qoniga yuvinish, oʻzini oʻzi bichish) bilan birga oʻtkazishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые