KIANIT

KIANIT (yun. ruapos-toʻq koʻk, havorang) , d i sten — kristalli slaneslarga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Al2[SiO4]. Triklin singoniyali, kri-stali ustunsimon yoki taxtasimon. Aralashmalari Fe (1% gacha), Sg (1,2%), Ti (0,04%). Rangi oqsan toʻq koʻkishyashilgacha. Zangori, koʻk, kulrang ham boʻladi. Kumir yoki gil jinslari aralashgan Kianit qora boʻladi. Shishadek yaltiroq, qattiqligi turlicha (4,5 dan 7,5 gacha), zichligi 3560—3680 kg/m3. Giltuproqqa boy choʻkindi jinslarning katta bosim zonasida metamorfizlanishidan hosil boʻladi, granitli pegmatitlarda A12O3 ga boy jinslarning assimilyatsiyasidan vujudga keladi. Koʻpincha stavrolit, andaluzit bilan birga uchraydi.

Kianit sanoat uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan gil tuprogʻi koʻp xom ashyo hisoblanadi. Undan oʻtga, kislota va ishqorga chidamli pishiq materiallar olinadi. Kianit qazib oluvchi mamlakatlar: AQSH (120 ming t, 1982), Hindiston (45 ming t), Braziliya (10 ming t), Ispaniya (6 ming t), Avstraliya (1 ming t).

Tarkibida rutil, muskovit, turmalin, topaz, korund boʻlgan dunyodagi eng yirik konlar Hindiston (Kxammam, Bxandara, Sidxbum va b.)da mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x