DO`STLARGA ULASHING:
Ketonal krem foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Ketonal krem — Og’riq qoldiruvchi va yallig’lanishga qarshi , sirtga qo’llash uchun samarali vosita.
?Chiqarilish shakli: 2,5 % 50 gr va 5 % 30 gr doza va og’irlikda.
?Dori shakli: Krem
?Tarkibi : Faol modda — ketoprofen. ( 1 gr krem 50 mg ketoprofen saqlaydi).
?Ta’sir qilishiga ko’ra
Nosteroid yalliglanishga qarshi , og’riq qoldiruvchi vosita. Sirtga qo’llanadi.
?Qo’llanilishi.
— Bo’gim, pay, mushak og’rig’ida.
— Sport travmalaridan keyingi shishlarda, pay cho’zilishlaridagi og’riqda
— Mushak og’rigida
— Bel -chanoq sohasidagi ogriq va yalliglanishda.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Sirtga qo’llanadi.Kattalar va yoshi 15 yoshdan katta bo’lgan bolalarga qo’llash mumkin.Kuniga 2 marta sirtga , ogrigan, yallig’langan sohaga surkaladi.
?Nojo’ya ta’siri
— Angionevrotik shish
— Eritema , ekzema
— Toshmalar
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.
— Preparatga yuqori allergik sezuvchanlik bolganda
— Terining allergik reaksiyalarida
— Allergik rinitda
— Homiladorlikda mumkinmas. ( shifokor maslahati bilan qo’llang)
— 15 yoshdan kichik bolalarga mumkinmas.
— Terining infeksion jarohatlarida