KESON — KXDRning jan. qismidagi shahar. Maʼmuriy jihatdan provinsiyaga tenglashtirilgan. Aholisi 180 ming kishidan ziyod (1990-y. lar boshlari). Transport yoʻllari tuguni. Jenshen oʻsimligini yetishtirish va uni qayta ishlash r-nining markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, aniq mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Sondo in-ti, muzey, teatrlar bor. 10— 14-a. larda Keson Koreya davlatining poytaxti boʻlgan. 11 —14-a. larga oid pagodalar saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые