KESIM — gapning bosh boʻlaklaridan. Ega bilan ifodalangan shaxs, predmet va xrdisaning umumiy belgisini bildiradi. Kesim gapni uyushtiruvchi markaz boʻlib, predikativlikning belgisini koʻrsatadi. Ikki tarkibli gapda egaga tobe boʻladi; oʻziga bogʻlanib kelgan soʻzlarga nisbatan esa hokim hisoblanadi. Kesim barcha mustaqil soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Qaysi soʻz turkumi bilan ifodalanishiga koʻra, feʼl va ot Kesim larga boʻlinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые