Keshbek nima yoki to‘lagan pulingizni bir qismini qanday qaytarish mumkin?

Keshbek nima yoki to‘lagan pulingizni bir qismini qanday qaytarish mumkin?
Bank plastik kartalari orqali onlayn to‘lov tizimlaridan (https://t.me/gsmgurus_FAQ/762) foydalanayotganlarning aksariyati keshbek xizmatlari haqida ma’lumotga ega.
2022 yil 1 yanvardan boshlab (https://t.me/soliqnews/7379)chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR (https://t.me/gsmgurus_FAQ/443)-kodini Soliq mobil ilovasida (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile&hl=ru&gl=US) skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi. Ya’ni, endilikda naqd pul evaziga xarid qilingan mahsulot va xizmatlar uchun ham keshbek olishingiz mumkin.
Keshbek nima va u qanday ishlaydi?
Cashback so‘zi ikki qismdan iborat: sash — naqd va back — qaytarish, ya’ni so‘zma-so‘z «naqd pulni qaytarish» degan ma’noni anglatadi.
Oddiy so‘z bilan aytganda, keshbek — karta orqali to‘langan xaridlar va xizmatlar uchun bank mijozga ma’lum miqdorni qaytaradi va bu har doim ham naqd pul ko‘rinishida emas. Keshbek shuningdek, ma’lum savdo nuqtalarida bonus ballari yoki chegirma kuponlari bilan berilishi mumkin.
Chakana savdo va elektron tijoratda keshbek — almashtirish/qaytarish uchun ajratilgan muddat tugagandan so‘ng mijozga qaytarilgan kechiktirilgan chegirma.
Bank sohasida keshbek — mijozni plastik karta yordamida xaridlarni amalga oshirishga undaydigan sodiqlik dasturi.
Quyida o‘zimga ma’lum bo‘lgan ba’zi keshbek xizmatlari haqida ma’lumot beraman:
• CLICK (https://play.google.com/store/apps/details?id=air.com.ssdsoftwaresolutions.clickuz) to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun 2 — 2,5% gacha keshbek. «Katta Cashback» dasturi orqali to‘langanda to‘lov miqdorining 20% gacha keshbek. Shuningdek UNG PETRO (UzGazOil) AYOQSH tarmog‘ida benzin quyganda, to‘lovni CLICK orqali amalga oshirsangiz 2,5% keshbekka ega bo‘lish mumkin. (https://click.uz/uz/cashback)
• Humans (https://play.google.com/store/apps/details?id=net.humans.fintech_uz) deganda ko‘pchilik mobil aloqa operatorini tushunsa kerak (https://t.me/gsmgurus_FAQ/837), lekin kompaniya xizmatlari orasida VISA bank kartalarini ham uchratish mumkin. Ushbu karta O‘zbekiston va xorijda foydalanish mumkinligi, depozit bo‘lishi talab etilmasligi, bepul taqdim etilishi, xizmat ko‘rsatish uchun haq olinmasligi va keshbek xizmatlari uchun juda qulay. Humans hisobni to‘ldirish, hisobda pul saqlash va ilova orqali sarflash evaziga keshbek beradi (berilgan keshbekni aloqa xizmatlari yoki chiroyli raqamga sarflashingiz mumkin). Hisobda pul saqlash evaziga yillik 25% keshbekni qo‘lga kiritish mumkin (menimcha, bunaqasi boshqalarda yo‘q). (https://humans.uz/uz/landings/cashback/)
— Ucell operatorining «U+» sodiqlik dasturida (https://ucell.uz/uz/subscribers/services2/special_offers2/u_plus), «Cosmo» va «Special» tariflari tizimi abonentlari turli xil to‘lovlari miqdorining 5% qismini promo hisobga keshbek shaklida olishlari mumkin. To‘plangan promo birliklarni quyidagi takliflarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi: 1 yilga cheksiz Telegram, 1 yilga cheksiz YouTube yoki 1 yilga cheksiz ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar.
Savol: Yana qanday keshbek xizmatlarni bilasiz va Soliq mobil ilovasida chek QR-kodini skanerlab 1% keshbekka ega bo‘lish xizmatidan foydalanib ko‘rdingizmi?
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x