KERULEN — Mongoliya va Xitoydagi daryo. Uz. 1264 km (shundan 1090 km Mongoliya hududida), havzasining mayd. 116,4 ming km2. Xentey togʻligidan boshlanadi. Oʻzanida orol koʻp. Dalaynor koʻliga quyiladi. Yozda toʻlib oqadi; har yili bir necha marta toshadi. Noyab. — apr. da muzlaydi. Baliqqa boy. Kerulen boʻyida Choybalsan sh. bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые