KERATOMALYATSIYA

KERATOMALYATSIYA (yun. keras — shox, muguz va malakia — yumshokushk) — koʻz shox (muguz) pardasining yemirilishi. Koʻproq yosh bolalarda uchraydi va organizmda oqsil, A vitamin, yogʻ moddalari yetishmasligi natijasida kelib chikali. Keratomalyatsiyada muguz parda toʻqimasi iriydi, yiringli yara paydo boʻlib, parda teshiladi, koʻzning oldingi kamerasida yiring toʻplanadi, shilliq parda ham oʻzgaradi (epiteliysi qurib, koʻchadi — q. Kseroftalmiya). Davo kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x