KERALA (malayali tilida — kokos palmalari oʻlkasi) — Hindistonning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat. Arabiston dengizi sohilida. Mayd. 38,9 ming km2. Aholisi 31,8 mln. kishi (2001), asosan, malayali xalqi. Aholisining 60% hindu diniga eʼtiqol qiladi, qolganlari xristian va musulmonlar. Kerala — mamlakatda aholi eng zich shtat. Maʼmuriy markazi — Tiruvanantapuram (Trivandram) sh.
Kerala — yer yuzasining katta qismi pasttekislik, sharqida Kardamon va Anaymudi togʻlari (bal. 2698 m gacha) joylashgan. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Yiliga 3000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Togʻ yon bagʻirlarida eben, tik, palisandr, poʻkak daraxti oʻrmonlari bor. Tekisliklarda deqqonchilik qilinadi.
Kerala — agrar shtat. Aholining 50% q. x. bilan shugʻullanadi. Ekishga yaroqli yerlar 2 mln. ga. 387 ming ga yerda sholi ekiladi. Butun mamlakatda yetishtiriladigan kokos yongʻogʻining 41% K. da yetishtiriladi. K. Hindistonda yetishtiriladigan qora murchning 53%, kofening 27%, choyning 9%ni yetkazib beradi. Mamlakatdagi kokos palmasining 70%, kauchukli oʻsimlik plantatsiyalarining deyarli hammasi Kerala da. Shtat mamlakatda ovlanadigan jami dengiz baligʻining 20—25% ni beradi. Marvarid olinadi. Kerala foydali qazilma va gidroenergiya resurelariga boy. Malabor sohilida monatsit, ilmenit, rutil, sirkon va b. minerallarga boy monatsit qumining katta qatlamlari mavjud. Sanoati, asosan, q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Kokos tolasidan arqon, poyandoz va b. buyumlar tayyorlanadi. Yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Alyuminiy eritish (Alvaye), kimyo (Kochin), sellyuloza (Kojikode), elektrotexnika (Kanannur), faner, avtomobil shinalari, rezina, keramika, ip gazlama, mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, yogʻ z-dlari, ustaxonalar bor. Sanoat markazlari: Tiruvanantapuram, Alvaye, Kvilon, Kochin. Yuklar, asosan, dengiz transportida tashiladi. Yirik portlari: Kochin va Kojikode. Keshyu yongʻogʻi, choy, kofe, dorivor oʻsimliklar, limon oʻti moyi, dengiz mahsulotlari eksport qilinadi.
Kadimda Kerala oʻrnida Mera davlati boʻlganligi mil. av. 3-a. ga oid manbalarda aytilgan. Kerala hududita 1498-y. da portugallar, 1663-y. da gollandlar, 18a. oʻrtalarida fransuz va inglizlar kelib oʻrnashgan. 1792-y. da Keralaning shim. qismi Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasiga qoʻshib olindi. Hindiston mustaqillikka erishgach, Tavanpur-Kochin shtati tuzildi. 1956-y. da uning asosida hoz. Kerala shtati tashkil etildi.