KEPLER

KEPLER (Kepler) Iogann (1571.27.12, Vaylder_Shtadt, Vyurgemberg 1630.15.11, Regensburg, Bavariya) — nemis astronomi va matematigi. Tyubingen akademiyasida tahsil olgan; oʻsha vaqtlari N. Kopernik asarlari bilan tanishib chiqqan. 1594-y. dan Avstriyaning Gras shahrida mat. va astronomiya uqituvchisi. 1600-y. dan Praga rasadxo-nasida T. Brage rahbarligida ishladi. K. Pragada optik asboblarning astro-nomiyaga tatbiqi va Quyosh tojiga ba-gʻishlangan «Viteloga qoʻshimchalar» (1604), oʻzi ixtiro qilgan teleskop haqidagi «Dioptrika» (1611) va b. asarlarini chop ettirdi. «Yangi astronomiya» asarida sayyoralar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. «Olam garmoniyasi» asarida (1619) esa 3-qonunni ham tavsiflab berdi (q. Kepler qonunlari). «Kopernik astronomiyasini qisqartirish» asarida (1618-22) oʻzining 3 qonunini barcha sayyoralar harakati uchun, ayrimlari esa Oy va Yupiter yoʻldoshlari uchun ham oʻrinli degan toʻxtamga kelgan. Kepler 1627-yili «Rudolf jadvallari» asaridagi hisoblashlariga tayangan holda 1631-y. da Venera sayyorasi Quyosh diskidan oʻtishini aytib berdi. Mat. sohasida Keplerning «Vino bochkalarining yangi stereometriyasi» asari mashhur boʻlib, unda integral hisob haqida boshlangʻich maʼlumotlarga duch kelinadi. Keplerning logarifmlar nazariyasi va hisoblash usullariga oid bir qator ishlari maʼlum.

Keplerning kashfiyotlari nazariy astronomiya taraqqiyotiga asos boʻldi.

Ad.: Yeremeyeva A. N., Vыdayuщiyesya astronomы mira, M., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x