VAFOIY muxammaslaridan
MUXAMMASI VAFOIY
Bir musht tufroq erur jismim bu gʻamfizoda,
Saqfi hubob yangligʻ mayxonai havoda,
Solmoq tylar oyoqdin roʻzi sharob boda,
Yorab, panoh bergil man zoru nomuroda
Kim, soldi shayton yana rohi.sharru fasoda.
Bir umr ediyu erdim forigʻ bu shoʻru shardin,
Yod etmas erdim aslo shamshir ila sipardin,
Xudu tayoqu javshan tushmish edi nazardin,
Emdi nechuk chekarman qoʻl tiygʻ ila tabardin,
Bir choʻqli tuhmatidin boʻldi nizrʼ aroda.
Gabri mukaddaridur mazhabda nomusul-mon,
Har bir tuki teginda yz ming hazor shayton,
Bir pora xalq ichida dermish oʻzini sulton,
Mashhurdur bu, ore har kimga doʻnsa davron,
Dermish oʻzin Sulaymon devu haromzoda.
Gar boʻlmasang haromi bu guftugu nadandur,
Aslintni man bilurman, otang alangʻudandur,
Tuynikdin tushub ham kashmiri evgʻadandur,
Sohir qoʻlung teginda behush oʻlub yotondur,
Insof qilki, mandin asling nedur ziyoda.
Ore, ziyoda mandin bir necha mehnating bor,
Dunyoi dun otongʻon yuz ming falokating bor,
Bir boshda, ey xabarsiz, sonsiz mashaqqating bor,
Oinai dilingda zangi kudurating bor,
Girdoba gʻarq oʻlubsan daryoich mojaroda.
Otangni gar desam nur, zulmatda nur naylar,
Onangni gar desam hur, doʻzaxda hur naylar,
Bu dashti purbaloda juz talxu shoʻr naylar,
Binolaring yoninda bir chashmi koʻr naylar,
Koʻr kimdur, ismi Vohid, ayt, ey safoyi soda.
Harchand agar Vafodek moʻri muhaqqari man,
Ayyom gardishinda pomoli bistariman,
Soʻz xisravi oʻnginda yo anga chokariman,
Borgohi bazmi maydon nodir suxanvariman,
Ollimda shangu urmish sandek yuz ming piyoda.
NAVOIY GʻAZALIGA VAFOIY MUXAMMASI
Boʻlgʻali sandin judo dermanki davron boʻlmasun,
Moh roʻying boʻlmasa xurshidi tobon boʻlmasun,
Laʼli jonbaxshingdin ayru obi hayvon boʻlmasun,
Sansizin, ey umr, bir soat mango jon boʻlmasun,
San boʻlu bas, tubii firdavsi rizvon boʻlmasun.
Kaʼbai islom ichinda kosh xoki dar mani,
Otashi dayri mugʻon etgaydi xokistar mani,
Bu gunahdin kim qilur mehroba roʻyovar mani,
Qoshigʻa qilgʻoch sujud oʻlturdi ul kofar mani,
Hech moʻmin yori, yorab, nomusulmon boʻlmasun.
Bu nechuk bedodgardurkim qilur sarsarni tez,
Xuni ahli dildin etti yeru koʻkni shuʼlaxez,
Bir qoʻlida shishai may, bir qoʻlida tiygʻi tez,
Ey koʻngul, maste chiqib shahr ichra solmish rustaxez,
Bir xabar tutkim, bizing beboki nodon boʻlmasun.
Dinu imonimni toroj etti oxir bir goʻzal,
Laʼli Iso, xatti Xizru koʻzlari kofir masal,
Qismat etmishdur mango bu navʼ qassomi azal,
Ishqida jonim uqubatlar bila ol, ey ajal,
To oning oshiqligʻi hech kimga oson boʻlmasun.
Laʼli shakkarbor yangligʻ tebratib shirin labin,
Qoʻymadi miskin Vafogʻa iltifot etmak kamin,
Obi hayvon sharbatin to angla bermaslar tekin,
Dedikim, jon ber, dogʻi oʻpgil oyogʻim tufrogʻin,
Ki Navoiy, tezroq oʻlkim pushaymon boʻlmasun.
FUZULIY GʻAZALIGA VAFOIY MUXAMMASI
Ey ahli hush, bir dam dunyoi bevafoda
Tashxisi neku bad chun haqni koʻring aroda,
Har saxt jonni gʻamda mandin demang ziyoda,
Ulsaydi bandagi gʻam Farhodi mubtaloda,
Bir oh ila verurdi ming Besutunni boda.
Chekdim base parivash Laylilaring jafosin,
Hech kimsa mencha bilmas devonaligʻ adosin,
Demang mening qoshimda har telba mojarosin,
Versaydi, oh, Majnun faryodiming sadosin,
Qushmi qaror edubdur boshindagi yavoda.
Ey dil, ne boʻldi, gohi bizlar sori guzor et,
Gʻam dashtida quyundek jismimni xoksor et,
Xurshiddek shuoing pomoli roʻzgʻor et,
Sarvarlik istar ersang aftodaligʻ shior et,
Kim, dushmadan oyogʻa chiqmadi bosha boda.
Gulruhlaring gʻamidin aylab bahor umidim,
Dogʻi jigardin ochmish ming lolazor umidim,
Iigʻlargʻa to bulutdek qildi baror umidim,
Ashki ravonima el jamʼ oʻldi, vor umidim
Kim, oʻldi vora-vora jamʼiyatim ziyoda.
Behuda vasli jonon dil aylamaz taqozo,
Olamda har vujudning taʼbinchadur tamanno,
Har boshda bir xayolu, har koʻzda bir tomosho,
Farhodda zavqi surat, Majnunda sayri sahro.
Bir rohat ichra har kim, onjaq manam baloda.
Bilmon nechuk balodur, ey kajkuloh, chashming,
Kelturdi boshga yuz ming roʻzi siyoh chashming,
Oning bu hola odil ikki guvoh chashming,
Gah gʻamzang ichmak istar qonimni, goh chashming,
Qoʻrqum budurki nogah qonlar dushar aroda.
Ondin burunki boʻlgʻay olam fano, Fuzuliy,
Qoʻnglingni qil Vafodek bemuddao, Fuzuliy,
Jondin kechib, talab qil mulki baqo, Fuzuliy,
Gar koʻrmamak tilarsan rasmi jafo, Fuzuliy,
Ulma vafoya tolib dunyoi bevafoda.
FUZULIY GʻAZALIGA VAFOIY MUXAMMASI
Dam urdi subhu piri fikri shomi tor yetmazmi,
Yetushdi manzila mahmil bu kajraftor yetmazmi,
Xazon oʻldi tomoshai guli gulzor yetmazmi,
Koʻngul yetdi ajal zavqi ruxi dildor yetmazmi,
Oqardi moʻyi sar savdoi zulfi yor yetmazmi?
Chiqardi raxtini jon saʼy ila bozori mehnatdin,
Koʻngul ham qildi sof oyinasin zangori mehnatdin,
Hanuz, ey jism, turmassen tahi devori mehnatdin,
Yoturdi boshingi gardun oyogʻa bori mehnatdin,
Xayoli halqai gesui anbarbor yetmazmi?
Guliston ichra dun tushdi guzorim subh chogʻinda,
Uxurdi bulbule bu nuktani gulbun budogʻinda
Ki, naqdi umr zoyeʼ oʻldi gulruxlar soʻrogʻinda,
Yetar erdi qulogʻa bongi rihlat dahr bogʻinda,
Ne durmishsen tomoshai guli gulzor yetmazmi?
Dilo, behuda ishlardin hadisi tavba takror et,
Koʻtar bosh sajdadinu taqvidin, al chek, san or et,
Xaroboti mugʻon ichra kirib subhangni zunnor et,
Yetar jamʼ ila bori maʼsiyat, tagʻyiri atvor et,
Xayoli halqai gesuyi anbarbor yetmazmi?
Bu kun koʻrdumki tiygʻi ishq qon toʻkmakka moyildur,
Kesib qatʼ etmakkakim, boshingni oʻrtarda hosildur,
Vafoiy saʼy qilkim odamiy har ishda qobildur,
Fuzuliy dema yetmak manzili maqsuda mushkildur,
Dutan domoni sharʼi Ahmadi Muxtor yetmazmi?
Vafoiy XVII asrning oxiri, XVIII asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoirdir. Hozirgacha uning devoni topilgani yoʻq. Munis Dorazmiy oʻzining “Firdavsul-iqbol” asarida Vafoiy ijodiga yuksak baho beradi.
Munisning aytishicha, Vafoiy isteʼdodli shoir boʻlish bilan birga naqqosh va.yaxshi binokor usta meʼmor ham edi.
Xiva shahridagi bir qancha goʻzal binolar uning bevosita rahbarligi va ishtirokida qurilgan.
https://saviya.uz/ijod/nazm/vafoiy/