KEGEYLI KANALI — Qoraqalpogʻiston Respublikasida qurilgan irrigatsiya inshooti. Amudaryodan boshlangan Hizketgen kanalinish chap tarmogʻi (Qizketgen kanali 25 km da Quvanish-jarma va Kegeyli kanaliga ajraladi). Uz. 56 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 115 m3/ sek. 1935-y. da ishga tushirilgan. Keyingi yillarda kanal toʻliq rekonstruksiya qilinib, 1963-y. da kanalning 36-km da Mayyob va 55-km da Beshyob gidrouzellari qurildi. Kegeyli kanalidan Yestekjap, Qorasiyroq, Shoxariq va b. kichik kanallarga suv beriladi. Suv kamayib ketgan yillarda Kegeyli kanaliga Qattiqoqar kanalining eski oʻzani orqali Amudaryoda qurilgan nasos st-yasi yordamida suv uzatiladi (5—6 m3/s). Kanal suvi bilan Kegeyli va Chimboy tumanlarida 30 ming ga yer sugʻoriladi, yangi yerlarni oʻzlashtirish imkoniyatini beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые