“Kecha qoʻshnim ochlikdan oʻldi. Uning taʼziyasida bir necha qoʻy soʻydilar”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Yusuf alayhissalom qissasini yaxshi koʻraman. U tush bilan boshlanib, oʻsha tushning roʻyobga chiqishi bilan tugaydi. Yo Robbim! Odamlar mening orzularimning amalga oshishi amri mahol deyishyapti. Men esa “Albatta, Sen har narsaga qodirsan!” deyman.

“Hikmat durdonalari”

*****

Dengizning goʻzalligi uning suvini ichib koʻrganingda ketganidek, qabihliklar manfaatlar tugaganda koʻrinadi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Afsuski, koʻchalar odamlarning goʻzal axloqidan boʻshab qoldi. Aksincha, koʻplab odamlarning oʻzi koʻcha axloqi bilan xulqlana boshladi.

 “Hikmat durdonalari”

*****

Dunyoning hamma yoqimli narsalarini totib koʻrdim. Ofiyatdan koʻra yoqimliroq narsa topmadim.

Dunyoning barcha achchiq narsalarini totib koʻrdim. Odamlarga hojat tutishidan koʻra achchiqroq narsani koʻrmadim.

Xarsangtosh va temirni joyidan koʻchirdim. Qarzdan koʻra ogʻirroq narsani koʻrmadim. Bilginki, dunyo ikki kundir. Bir kun sening foydangga boʻlsa, bir kun sening zararinggadir. Agar kun sening foydangga boʻlsa (sogʻlik, puldorlik paytida), sustkashlik qilmay, foydalanib qol. Agar kuning senga qarshi boʻlsa (musibatlar kelsa), sabr qil.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

*****

Onadan: “Farzandlaringizdan qaysi biri yaxshi koʻrasiz?” deb soʻraldi. Shunda u: “Tuzalgunicha kasalini, qaytib kelgunicha musofirini, katta boʻlgunicha kichigini, oʻlgunimcha hammalarini yaxshi koʻraman” deb javob berdi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Kecha qoʻshnim ochlikdan oʻldi. Uning taʼziyasida br necha qoʻy soʻydilar.

Ali Shariatiy

*****

Bosh ogʻrigʻi, asabiy taranglik kasalliklari bilan ogʻrish uchun ishga boramiz. Oy oxirida esa oʻsha kasalliklardan davolanishimiz uchun bizga bir chimdim pul berishadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/kecha-qoshnim-ochlikdan-oldi-uning-taziyasida-bir-necha-qoy-soydilar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x