KAZUARLAR

KAZUARLAR, Avstraliya tuyaqushlari (Casuariiformes) — koʻkrak-tojsiz, yaʼni yuguruvchi qushlar turkumi. Ikkita oilaga birlashgan 14 turi bor (3 turi emu oilasiga, 11 turi Kazuarlar oilasiga kiradi). K. Avstraliyada va uning atrofidagi Yangi Gvineya, Tasmaniya, Seram va Aru kabi orollarda tarqalgan (Avstraliya tuyakushlari nomi ham shundan). Kazuarlarning boʻyi 1,8 m, ogʻirligi 80—90 kg gacha. Oyoklari kuchli, uch barmokli. Kazuarlar ucholmaydi, yaxshi yuguradi, qalin tropik oʻrmonlarda yashaydi. Xas-choʻplardan yerda uya quradi, 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumni erkagi bosadi. Tuxumdan 1,5 — 2 oyda joʻja ochadi. Kazuarlar mevalar va urugʻlar bilan oziklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x