KAZEIN (lot. caseus — pishloq) — murakkab oqsil, fosfoproteid. Sutni proteolitik fermentlar taʼsirida tvorogga aylantirishda kazeinogen dan hosil boʻladi. Tvorogning asosiy massasini tashkil etadi. Kazein tuzli eritmalar (neytral va ishqorli mux. it)da eriydi, kislota taʼsir ettirilganda choʻkadi. Kazein mol. m. 30.000—400000. a, r u fraksiyalaridan tarkib topgan. Sut va sut mahsulotlarining oqsilli asosiy qismi. Ayollar sutida 0,3—0,9%, sigir sutida 2,8—3,5% K. bor. Muhim oziq modda, tarkibida koʻpgina aminokislotalar mavjud. Boʻyoq, yelim, plastmassa, dorivor moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari, sunʼiy tola tayyorlashda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые