KAYVON — ayvonta kiraverishda, bosh tarzining oʻrtasida shipi balandroq qilib koʻtarilgan qism. Ustalar taʼbiricha, falakdagi eng baland yulduz Saturn (Zuhal)ning mahalliy nomi «Kayvon» deb atalgan. Kayvon li ayvonlar binoni serhasham, salobatli qilib koʻrsa-tadi.