KAVENDISH TAJRIBASI

KAVENDISH TAJRIBASI — Yerning gravitatsion tortishish doimiysi uni aniqlash tajribasi. Bu tajribani 1798-y. da birinchi boʻlib G. Kavendish oʻtkazgan. Kavendish tajribasida massalari aniq oʻlchangan, bir-biriga teng, gorizontal sterjenga mahkamlangan va kvars ipga osilgan qoʻrgʻoshin sharchalardan iborat qurilmadan foydalanilgan. Har birining massasi M boʻlgan ikkita qoʻrgʻoshin sharcha t massali sharchalar yaqiniga keltiriladi. Kavendish tajribasida t = 730 g = 0,73 kg; M = 158 kg. M va t orasidagi gravitatsion tortishish sterjenni aylanishga majbur qiladi va kvars ip buraladi. Ipning buralish momentidan tortishish kuchi va t b-n M massalar orasidagi masofa aniq oʻlchab olinadi. Natijada u formuladan Yerning gravitatsion doimiysi topiladi. Kavendish tajribasi bir necha marta qaytarilib, u = 6,685-10-«sm3/gx2 ekanligi maʼlum boʻldi. Bu tajribaga asoslanib Yer va d» 2. b. sayyoralar massasi aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x