KAVALYERI (Cavalieri) Bonaventura (1598, Milan — 1647.30.11, Bolonya) — italiyalik matematik. 1629-y. dan Bolonya un-tida mat. kafedrasini boshqargan. «Geometriya» asarida yuza va hajmlarni aniqlashning yangi usuli («boʻlinmaslar usuli»)ni ishlab chiqqan (1635). Kavalyerida yassi figuralarning parallel vatarlari yoki fazoviy figuralarning parallel kesimlari boʻlinmas hisoblanadi. Kavalyeri bu figuralar uchun boʻlinmas yigʻindilar tushunchasini kiritgan. Kavalyeri ishlari cheksiz kichik miqdorlarni hisoblashning shakllanishida katta rol oʻynagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые