KAVABATA

KAVABATA Yasunari (1899.11.6, Osaka sh. — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon sanʼat akad. aʼzosi (1953). 20-y. larda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — «Idzunlik oʻyinchi» (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. Kavabataning oʻziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuygʻulardan iborat «Qorli oʻlka» (1937) qissasida namoyon boʻlgan. Sanʼat darajasiga koʻtarilgan qad. urf-odatlar — choy bilan bogʻliq udum «Ming qanotli turna» (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. «Togʻlar nolasi» (1953), «Eski poytaxt» (1961) romanlari ichki lirizm bilan sugʻorilgan, «Uyqudagi nozaninlar» (1961) qissasi yolgʻiz qolgan keksa inson hayoti haqida. Kavabata bir qator esselar («Goʻzallikning yaratilishi va mavjudligi» va b.) muallifi. «Uyqudagi nozaninlar» qissasi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (2001-y., tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x