KATTEGAT — Boltiq va Shim. dengizlarni bogʻlab turuvchi boʻgʻozlardan biri. Yutlandiya ya. o. ning sharqiy sohillari bilan Skandinaviya ya. o. oraligʻida. Uz. 270 km, eni 60—122 km, chuq. 17—30 m, shim. qismida 124 m gacha. Baʼzan sohilga yaqin qismi muzlaydi. Markaziy qismida 2 ta orol (Anxolt va Lese) bor. Baliq ovlanadi. Asosiy porti — Gyoteborg (Shvetsiya).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые