KATTA SHOʻR KOʻL

KATTA SHOʻR KOʻL — AQSHning gʻarbiy qismidagi oqmas koʻl. Katta Havza togʻligida, 1282 m balandlikda joylashgan. Pleystotsen davridagi chuchuk suvli Bonnevill koʻlining qoldigʻi. Koʻlga Ber, Uiber, Jordan daryolari quyiladi. Maydoni yogʻin miqdoriga koʻra, 2500 dan 6000 km2 gacha oʻzgarib turadi. Shoʻrligi koʻlda suv koʻpayganda 137%«dan, suv kamayganda 300%s gacha. Chuq. 15 m gacha. Glauber va osh tuzlari olinadi. Katta shoʻr koʻlning sharqiy sohilida Solt-Leyk-Siti, Ogden sh. lari joylashgan. Koʻlni Jan. Tinch okean t. y. (40 km uzunlikdagi damba orqali) kesib oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x