Katta Qa’ni


Post Views:
150

«KATTA QA’NI» MAHALLASI (Lochin ko‘chasi, 14) – Uchtepa tumanidagi mahalla. «Qoziguzar», «O‘rikzor», «Nurobod» mahallalari va Algoritm mavzesi bilan chegaradosh. 1987–91 yillardan «Katta Qa’ni» mahallasi deb yuritilgan. Mahalla hududi Toshkent shahriga qo‘shilguncha Zangiota tumani Katta Qa’ni qishlog‘i deb yuritilgan. «Qa’ni» atamasi, aslida qadimgi turkiy qabilalardan «qang‘li»ning buzilgan shakli hisoblanadi.

Mahalla hududidagi Foziltepa arxeologik yodgorligi (4–8-asrlar) tarixiy manbalarda Qang‘liqo‘rg‘on nomi bilan qayd etilgan. Qishloq, keyinchalik mahalla nomi shundan olingan. Yangi qurilayotgan Izza dahasidagi uy-joylarga aholi ko‘chib kelishi natijasida xonadonlar soni 1150 dan oshib ketdi (2008). Mahalla hududida o‘rta maktab, oziq-ovqat do‘konlari, novvoyxonalar mavjud. Mahalladan 30 dan ziyod ko‘cha o‘tgan.

KATTA QA’NI KO‘CHASI – Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududini birlashtiruvchi asosiy ko‘chalardan biri. Foziltepa va Al-Xorazmiy ko‘chalari oralig‘ida joylashgan. Uzunligi 4 km atrofida. Toshkent zilzilasidan so‘ng aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida poytaxtning janubi-g‘arbida 1968 yil tashkil topgan. 1990 yil 14 mayda Katta Qa’ni nomi berilgan. Ko‘cha nomi joyda mavjud bo‘lgan avvalgi Katta Qa’ni qishlog‘i va hozirda shu nomdagi mahalla nomi bilan uy¬g‘unlashtirilgan. Ko‘cha yo‘nalishida Chilonzor 20-, 26-mavzelari, 2-tramvay deposi, Chilonzor tumaniga qarashli «Tinchlik», «Sharq tongi», «Xayrobod», Uchtepa tumaniga qarashli «Katta Qa’ni», «Nurobod» va «Qoziguzar» mahallalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, maktab va bog‘chalar, savdo majmualari, aholiga servis xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tramvay va marshrut taksilarning boshbekatlari joylashgan. Lutfiy ko‘chasi bilan kesishgan. Zargarlik va Izza ko‘chalari bilan tutashgan. Ko‘cha bo‘ylab jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/katta-qa-ni/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x