KATTA OʻRADARYO

KATTA OʻRADARYOQashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻuzordaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Xarkush dovonidan (3448 m) Egrisuv nomi bilan boshlanadi. Uz. 113 km, havzasi 1410 km2. Daryo, asosan, togʻlar orasida oqadi. Yirik irmoqlari: Qizilsoy, Almatsoy, Zarangbuloq, Shoʻrsuv va b. Oʻrtacha yillik suv sarfi 4,6 m3/sek, yillik oqimi 140 mln. m3. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Mart-may oylarida suvi koʻpayadi. Pachkamar suv omboriga quyiladi. Atrofdagi q. x. yerlarini va shu yerdagi qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x