KASIK

KASIK (ispancha cacique) — 1) Meksika, Vest-Indiya va Markaziy Amerikadagi indeyslar yoʻlboshchisi (dohiysi). Kasik lavozimi, odatda, maʼlum urugʻ, oilada merosiy boʻlgan. Kasiklar va ularning avlodidan asteklar, mayya va b. xalklarning zodagon tabakalari shakllangan. Kasik larning bir qismi ispan mustamlakachilari tomoniga oʻtgan va katta yer egalari, amaldorlarga aylangan;

2) Lotin Amerikasi va Ispaniyaning maʼlum viloyatlarida harbiylardan chiqib hokimiyatni egallab olgan obroʻli siyosatdonlarning atalishi. Kasiklar yordamida markaziy hokimiyat oʻz hukmronligini joylarda olib borgan boshqarish tartibi kasikizm deb nom olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x