KASHINA Nadejda Vasilyevna

KASHINA Nadejda Vasilyevna (1896.19.3, Perm – 1977.11.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1964). Moskva Oliy badiiy texnika inti (VXUTEIN)ni tugatgan (1927). 1930-y. dan Oʻzbekistonda. Kashina asarlarida Oʻzbekiston manzaralarini, mehnatsevar oʻzbek xalqining kundalik turmushini yorqin boʻyoqlarda mehr bilan tasvirlaydi. «Poyga» (1927), «Yoʻngʻichqa ortilgan arava» (1929), «Sherdor yonida» (1928), «Sirdaryodan oʻtish» (1930), «Doyra ushlagan qiz» (1945), «Tushki dam olish» (1949), «Hosil» (1957), «Insoniyat bahori» triptixi (1961), «Sukunat» (1962), «Bogʻ koʻcha» (1965), «Tinch payt» (1967), «Samarqand madonnasi» (1971), «Mozor yonida» (1973) va b. mehnat ahli, oʻzbek ayoli manzara fonida aks ettirilgan kartinalari, natyurmortlari («Kungaboqar», 1939; «Behi», 1956 va b.) yorqin boʻyogʻi, muallifning oʻziga xos ifoda uslubi bilan diqqatni tortadi. Plakatlar, etyudlari boy mazmuni, ifodaliligi bilan muhim. Rassom Alisher Navoiy ijodiga koʻp marta murojaat qilib, asar qahramonlarini jonli aks ettirdi («Bunyodkor Farhod», 1939; «Bahrom goʻr zangori saroyda», 1941; «Layli va Majnun», 1966; «Farhod va Shirin», 1968; «Farhod», 1970 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x