KARTOSHKA KAVLAGICH — kartoshkani kavlab, uni tuproq va palaklardan ajratib, qoʻlda terib olish uchun dalaga uyumlab tashlab ketadigan mashina. Elevatorli, gʻalvirli va rotorli xillari bor. Elevatorli Kartoshka kavlagich ikki qatordagi kartoshkani kavlash uchun lemex (kavlagich) dan kovlagan kartoshka bilan chiqqan tuproq va kesaklarni maydalab elaydigan chiviq-kaskadli elevatordan iborat. Elevatordan oʻtgan massa titrama panjaraga tushadi. Unda kartoshka tugunaklari qolgan mayda kesak, tuproqlardan tozalanadi. Mashina tugunak, palak va qolgan aralashmalarni dala betiga tashlaydi. Tugunaklar qoʻlda terib olinadi. Gʻ a l v i r l i K. k. da chiviqli elevator oʻrniga ikki panjarali gʻalvir oʻrnatilgan. Bunda lemexlar panjara uchlariga mahkamlangan boʻlib, u bilan birgalikda tebranadi. Rotorli Kartoshka kavlagich bir qatordagi hosilni yigʻishtirishda ishlatiladi; u lemex va aylanuvchi rotordan iborat boʻlib, lemex kavlagan massani rotor dalaga sochib turadi. Bu xildagi Kartoshka kavlagich 40 — 70 kVt li traktorlarga osib ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые