KARS — Turkiyadagi shahar. Kars elining maʼmuriy markazi. Axolisi 70 ming kishidan ziyod (1990-y. lar boshi). Sut chorvachiligi va qoʻychilik r-ni markazi. Toʻqimachilik hunarmandchiligi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Kars qad. qalʼa oʻrnida bunyod etilgan. 11 – a. oʻrtalaridan Vizantiya hukmronligi ostida, 1074-y. dan turk saljuqlari tomonidan egallangan. 13—16-a. larda Gruziya, 16-a. dan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 19-a. dagi Rossiya-Turkiya urushi vaqtida urush harakatlarining asosiy obyekti boʻlgan. 1878-y. San-Stefano (Istanbul sh. yonida) tinchlik shartnomasiga muvofiq Rossiyaga, 1921-y. Kars shartnomasiga muvofiq Turkiya tarkibiga kirgan.