KARPSIMONLAR

KARPSIMONLAR, zogʻorabaliqsimonlar (Cyprinidae) — karpsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi (uz. 2 sm dan 1,5 m gacha) sikloid tangachalar bilan qoplangan yoki yalangʻoch. Jagʻlarida tishlari boʻlmaydi, ozigʻi halqumidagi yutinish tishlari yordamida maydalanadi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Markaziy Amerikaning chuchuk va kam shoʻrlangan suvlarida tarqalgan; K. 200 ga yaqin urugʻ, 1500 ga yaqin tur kiradi. Oʻzbekistonda 17 oilaga mansub 19 turi tarqalgan. Turli xil suv havzalari: togʻ vohalaridagi daryolar, koʻllar va suv omborlarida yashaydi. Plankton va bentossagi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi; ayrim turlari (amur xumboshi, oq amur, qizil qanot), asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi; oddiy oqqayroq — yirtqich. Karpsimonlar, odatda, bahorda urchiydi, uvildiriq tashlash davri 1—3 oy davom etadi. Uvildiriqlarini (bir necha yuzdan 1 mln. gacha va undan optiq) suvdagi oʻsimliklar, toshlar va qumga qoʻyadi yoki bevosita suvning oʻziga tashlaydi. Karpsimonlarning juda koʻp turlari, shu jumladan, Oʻzbekiston suv havzalaridan zogʻora baliq, moybaliq, tovonbaliq, qorabaliq, oqcha, oq amur, amur xumboshi va b. ovlanadi. Bir kancha turlari (karp, tovonbaliq, oq amur, amur xumboshi) suv havzalarida boqiladi, Oq amur, amur xumboshi Amur havzasidan keltirilib, Oʻzbekiston suv havzalarida iqlimlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x