Karonavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tartibi

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

Bu haqda DTM ma’lumot bermoqda.

“COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini o‘tkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida” Davlat test markazi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEO va JS) ning qo‘shma qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlarga test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda Davlat test markazi hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Davlat test markaziga koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangun (16-avgust) ga qadar onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun taqdim etiladi.

Bunda abituriyentlar yoki ularning vakillari arizani (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) covid@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

SEO va JS tomonidan arizalar o‘rganilib, haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga 3 kun muddatda qayta taqdim etiladi.

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Bunda o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va to‘liq sog‘aygan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga qadar to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x