KARNO SIKLI

KARNO SIKLI — navbatma-navbat oʻzaro almashinib turuvchi ikki izotermik jarayon va ikki adiabatik jarayondan iborat kaytar aylanma issiqlik jarayoni. Uni birinchi boʻlib NL. S. Karno oʻrgangan (1824). Rasmda Karno sikli koordinatalari r (bosim) va V (hajm) da koʻrsatilgan. Karno siklida ish jismi t-ra G, li issiq jism bilan taʼsirlashib, Qt issiklikni oladi (bunda bugʻ kengayadi va ish bajaradi, izoterma 1—2). Soʻngra ish jismi adiabatik kengayib, t-ra T2 gacha soviydi (adiabata, 2—3). Shu t-ra T2 da ish jismi izotermik siqiladi va u Q2 issiqlikni sovitkichga beradi (izoterma, 3—4). Nihoyat, ish jismi Tt t-rali boshlangʻich holatga qaytadi (adiabata, 4—1). Bunday jarayonda ish jismi bajargan foydali ish pV tekislikda izoterma va adiabata chiziqlar bilan chegaralangan yuzaga teng.

Issiklik mashinasining f. i. k. quyidagicha aniqlanadi: Q[-Q2 A K. s. ning f. i. k. faqat isitkich bilan sovitkichning t-rasiga bogʻliq boʻlib ish bajaruvchi jismning xossalariga bogʻliq emas.

Karno siklini taxlil qilib, quyidagi muhim xulosalarga kelish mumkin: a) aynan bir xil sharoitlarda, yaʼni isitkich va sovitkichlarning t-ralari bir xil boʻlganda barcha qaytuvchan mashinalarning f. i. k. bir xil boʻladi; b) qaytmas mashinaning f. i. k. ish sharoiti oʻxshash boʻlgan qaytuvchan mashinaning f. i. k. dan hamisha kichik boʻladi. Karno sikli termodinamika va teplotexnikaning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x