KARNIZ

KARNIZ (nem. karnies) — 1) meʼmorlikda bino devori ustiga muhofaza uchun maxsus (gʻisht, yogʻoch, tosh baʼzan paxsadan) ishlangan yoki oʻrnatilgan boʻrtiq qism, boʻgʻot. Tomni koʻtarib turishga va tashqi devorni yogʻingarchilik taʼsiridan himoya qilishga xizmat qiladi. Binolarda baʼzan qavatlarni bir-biridan ajratib turadi. Meʼmorlik orderlarida antablementning boʻrtib turadigan yuqori qismi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida Karnizlar binoning tuzilishi, balandligi meʼmoriy qiyofasiga qarab, ularga mos va uygʻunlashgan holda ishlanadi (476-6. dagi rasmga q.);

2) stol, shkafning chetini, uylarning ichki qismini bezashda devor tekisligidan chiqarib ishlangan turli oʻymakorlik, kesmakorlik ishlari, uylarning shiplari chetidan tarashlab ishlangan taxta, bezakli hoshiya;

3) deraza yoki eshik tepasida parda osish uchun yogʻoch, metalldan qilingan dor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x