KARMAKDOSHLAR

KARMAKDOSHLAR (Plumboginaceae) — ikki urugʻpallalilar (magnoliyasimonlar) sinfiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. 12 turkumi, 600 dan ziyod turi bor. Oʻzbekistonda 7 turkumi, 31 turi oʻsadi. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, qizil, oq, toʻq havo rang, sariq, boshoqsimon yoki roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi, Gulkosachasi pardasimon, oq va och binafsha rang. Tojbargi 5 ta, pastki qismi qoʻshilgan, changchisi 5 ta. Mevasi bir urugʻli yongʻoqcha. Bargi oddiy, baʼzan patsimon qirqilgan, cheti tekis, ketma-ket joylashgan. Karmakdoshlar, asosan, choʻllarda, shoʻrxok va sernam yerlarda, ekinlar orasida oʻsadi. Karmakdoshlardan mahalliy xalq qadimda boʻyoq olishda foydalangan, oshlovchi modda ham olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x