KARIMOV Gʻulom Karimovich

KARIMOV Gʻulom Karimovich (1909.15.4 — Toshkent — 1991.2.1) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). Fi-lol. fanlari d-ri (1962), prof. (1963). Leningraddagi Tarix, falsafa va lingvistika in-tini tugatgan (1935). Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi (1943-y. dan Oʻzbekiston FA) qoshidagi Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1938—48), Oʻzbekiston ped. fanlari i. t. inti direktori (1948—51), Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU) oʻqituvchisi (1951—53), kafedra mudiri (1954—84), prof. maslahatchisi (1984—91). Ilmiy faoliyati oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. Karimov «Layli va Majnun»ning ilmiytanqidiy matnini tayyorlagan (1945). Navoiy, Muqimiy, Furqat, Almaiy, Nodim Namangoniy va b. ning ijodiga oid maʼlumotlarni, hayoti va ijodiy merosini toʻplagan, tadqiq etgan. Oliy oʻquv yurtlari («Oʻzbek adabiyoti tarixi», 1966) va oʻrta maktablar uchun («Oʻzbek adabiyoti tarixi», 1974, 1985; N. Mallayev, S. I. Ismatov bilan hamkorlikda) darslik, metodik qoʻllanmalar tuzgan.

As: Muqimiy, T., 1970; Xalq, tarix, adabiyot, T., 1977.

Ad.: Qosimov B., Dolimov U., Fylom Karimov hayoti va ijodiy faoliyati boʻyicha filolog studentlar uchun biobibli-ografik koʻrsatma, T., 1989; Barkamollik, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x