KARIMOV Amin Qahqorovich (1936.15.3, Buxoro) – dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat ar-bobi (1980). Toshkent konservatoriyasining gʻijjak sinfini tugatgan (J958). Buxoro teatri (1952—53) va Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1955 — 58)da sozanda; Buxoro musiqa maktabida (1959—65), Termiz musiqa bilim yurtida (1965—73, 1988—95) direktor; 1973—88 y. larda Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida direktor va bosh dirijyor. «Jon qizlar» (Boyseitov), «Sevmaganga suykanma» (N. Xalilov), «Oʻjarlar», «Momo yer» (I. Akbarov), «Vatan ishqi», «Nurxon» (S. Boboyev), «Qizil durrali nozik niholim», «Toshkentning nozanin malikasi» (M. Leviyev), «Maysaraning ishi» (S. Yudakov) kabi spektakllarga dirijyorlik qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые