KARDANO (Cardano) Jerolamo (1501.24.9 yoki 1506 – 1576.21.9) — italyan faylasufi, vrachi, matematigi, ixtirochisi. Algebrani rivojlantirishda Kardano ishlari katta axamiyatga ega. Keltirilgan kub tenglama ildizi uchun formulani yaratgan (q. Kardano formulasi). Yevropada birinchilardan boʻlib, manfiy sonlarni koʻllagan. Falsafada oʻzining kosmologik qarashlarini ilgari surgan, akl va zakovat tushunchalarini farqlagan. Kardano qarashlarida materialistik dunyoqarash b-n birga neoplatonizmga xos elementlari ham boʻlgan. Kardanli uzatma va b. mexanizmlar ixtiro qilgan (q. Kardanli mexanizm, Kardanli uzatma).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые