KARBONATLAR

KARBONATLAR (lot. carbonis – koʻmir) — karbonat kislota (N2SO3) tuzlari. Normal, yaʼni SO, anionli oʻrta (mas, K2SO3), NSO3 anionli nordon (gidrokarbonatlar, mas, KNSO,) va asos (mas, Si2(ON)2SO3 — malaxit) K. ga boʻlinadi. Ishqoriy metallar, ammoniy va talliyning normal Karbonatlari suvda yaxshi eriydi. Ularning suvdagi eritmasi ishqoriy reaksiyali. Bariy, kalsiy, stronsiy va qoʻrgʻoshin (2 valentli) Karbonatlari suvda juda oz eriydi. Nordon Karbonatlar suvda yaxshi eriydi. Karbonatlar qizdirilganda parchalanadi (mas, Sa — SO3 = SaO + SO2). Gidrokarbonatlar qizdirilganda parchalanib normal Karbonatlarga aylanadi (mas, 2NaHCO3= Na2CO3 + + N2O + SO2). Kuchli kislotalar taʼsirida Karbonatlar SO2 ni chiqaradi. Karbonatlar tabiatda kalsit, dolomit, ohaktosh, malaxit, magnezit va b. tabiiy minerallar holida keng tarqalgan.

Baʼzi Karbonatlar (mas, rux, temir, marganes, qoʻrgoshin, mis karbonatlari) kimmatbaho metall rudalaridir. Ohaktosh, magnezit, viterit qurilishda, olovbardosh materiallar i. ch. da, kimyo sanoatida va b. da xom ashyo sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x