KAPUAS

KAPUASKalimantan o. ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uz. 1040 km, havzasining mayd. 97 ming km2. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Jan. Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (apr. va noyab. oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki r-nlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x