KAPTARNING QUMI

KAPTARNING QUMIeneolit va jez davriga oid yodgorlik (mil. av. 3-ming yillikning 2-yarmidan 2-ming yillikning 2-yarmigacha). Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanining jan.gʻarbidagi Qizilqum koʻchma qumtepalari oraligʻidan topilgan. Akad. Ya. Gʻ. Gʻulomov rahbarligidagi Mohondaryo otryadi tomonidan oʻrganilgan (1960 va 1964). Tekshirishda taqir yer yuzasidan turli tosh qurollar; qumtosh, yorgʻuchoq, chaq-moqtosh, paykonlar, oʻroq va pichoq qadamalari, sopol parchalari, uy hayvonlarining suyaklari, mis va jez buyum siniqlari topilgan. Kaptarning qumi dagi eneolit davri yodgorliklari jez davri yodgorliklaridan tubdan farq qiladi. Arxeologik ashyolar asosida olingan maʼlumotlarga koʻra, eneolit davriga xos manzilgoxlar kelib chiqishi jihatidan quyi Zarafshon vohasining neolit davri yodgorliklari bilan bogʻliq boʻlgan. Kaptarning qumidan topilgan idishlar va ularga ishlangan naqshlar Andronovo madaniyatiga oʻxshab ketadi.

Ad.: Gulya mov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobыtnaya kultura i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x