KAPOVA GʻORI

KAPOVA GʻORI, Kapovaya gʻori, Shulgan-Tosh — Jan. Ural togʻlaridagi eng yirik gʻor. Oq Idil daryosi (Kamaning chap irmogʻi)ning oʻng sohilida (Boshqirdiston). 1959-y. da ukrainalik olim O. N. Bader oʻrgangan. Umumiy uz. 2 km dan ziyod. Yoʻlak va ungurlar ikki qavatdan iborat: 1-qavatda turli geometrik shakllar, 2-qavatda 7 mamont, 2 ot, 2 karkidonning surati bor. K. gʻ. dagi suratlar gʻor ogʻzidan 300 m ichkarida. Geometrik shakllar va uz. 44 sm dan 112 sm gacha boʻlgan suratlar paleolit davriga mansub.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x