KAPKAYEV Radik Abdullayevich (1928. 9.11, Toshkent) — dermatovenerolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), tibbiyot fanlari d-ri (1970), prof. (1972). ToshTI ni tugatgan (1953). Teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri (1976—99). Ilmiy ishlari zaxmni ekmonovotsillin bilan davolash chogʻida bemorlarning klinik-biokimyoviy va patomorfologik koʻrsatkichlari; ekzema va allergik dermatit klinikasi, immunologiya, elektron mikroskopiya va teri patogisto-logiyasiga oid. Kapkayev ekzema, psoriaz, vitiligo, layshmanioz, teri oʻsmalari, zaxm va b. teri-tanosil kasalliklari belgilarini chuqur oʻrgandi va ularning diagnostikasi hamda davolash usullarini ishlab chiqdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые