KAPELMEYSTER (nem. Kapelle – xor, orkestr, Meister — usta, rahbar) — dastlab, 16—18-a. larda xor yoki cholgʻu kapellasi rahbari, 19-a. da teatr, xor yoki simfonik orkestr dirijyori.
KAPETINLAR (Capetiens) — fransuz qirollari sulolasi (987—1328). Sulola asoschisi — Gugo Kapet (987—996). Asosiy vakillari: Lyudovik VI (1108 — 37), Lyudovik Vll(1137—80), Filipp II Avgust (1180—1223), Lyudovik IX Avliyo (1226—70), Filipp IV Chiroyli (12851314), Karl IV (Filipp IV ning 3-oʻgʻli) (1322-28).