KAOLINIT

KAOLINIT — qat-qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi Al4[Si4Ol()](OH)8. Gillarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kaolinitning politipli modifikatsiyalaridan dikkit va nakrit maʼlum. Monoklin singoniyali, olti qirrali kristallchalar shaklida. Qattikligi 1 — 1,5; zichligi 2,5—2,7 g/sm3, kuchli gigroskopik. Sof xrlda rangi oq, qoʻshimchalari boʻlsa sargʻish, baʼzan qizil, qora va och-yashil rangda ham boʻladi. Kaolinit keng tarqalgan ikkilamchi mineral. Nurash jarayoni mahsuli. Turli choʻkindi togʻ jinslari tarkibida mavjud. H2S04fl a qaynatilganda eriydi. Quruq Kaolinit suvni tez shimadi va yopishqoq gil hosil qiladi. Kaolinit, asosan, kaolinlanish natijasida hosil boʻladi, Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Chinni va fayans, keramika, rezina sanoatida, qurilishda, qogʻoz i. ch. da (toʻldiruvchi va qoplovchi) ishlatiladi. Kaolinitdan alyuminiy ham olish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x