KANTATA

KANTATA (lot. cantare — kuylamoq) — yakkaxon xonandalar, xor va orkestrga moʻljallangan musiqa asari. Shaklan oratoriyaga yaqin, lekin hajmi kichikligi, mazmunida dramatik rivoji yoʻq (yoki sust)ligi bilan farq qiladi. Odatda, orkestr muqaddimasi, bir nechta ariya, rechitativ hamda xor qoʻshiqlaridan iborat boʻladi. 17-a. da Italiyada rivoj topdi (G. Karissimi, A. Stradella, A. Skarlatti va b.). 18-a. boshida Germaniyada diniy Kantata yuzaga keldi (G. F. Teleman, I. S. Bax). Keyinchalik dunyoviy va diniy Kantatalar boshqa mamlakatlarga tarqalib, mazmunan va shaklan boyidi. Fransiyada L. Kerubini, F. J. Gossek, G. Berlioz, Germaniyada F. Shubert, I. Brams, P. Xindemit, Rossiyada N. Rimskiy-Korsakov, S. Taneyev, S. Raxmaninov, S. Prokofyevlar Kantataning yorqin namunalarini yaratishdi. Oʻzbekiston kompozitorlari ham shaklan va mazmunan rang-barang Kantatalar yaratishgan: S. Yudakov, «Mirzachoʻl», «Muborakbod»; S. Boboyev, «Hosil bayrami»; M. Leviyev, «Oq oltin»; O. Halimov, «Qoraqalpogʻiston» va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x