KANPIR DEVOR

KANPIR DEVOR, Kampir devor, Devori (kanm) pirak — Oʻrta Osiyoda dehqonchilik vohalarini koʻchmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Maʼnosi «qazilgan» (choh) demaqdir. Talaffuzda «n» bilan «m» almashuvi kuzatiladi. Pir soʻzi esa qad. payrya — aylana, oʻrov maʼnosida. Demak (kanm)pir soʻzining oʻzi xandakli devor degani. Devor soʻzi kanpir soʻzining tub maʼnosi unutilganda qoʻshilgan. 1) qad. Buxoro vohasidagi shaharqishloqlarni oʻrab olgan mudofaa devori (Devori kanpirak). M. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari (Yu-a.)dagi maʼlumotga koʻra, Kanpir devor 782—831-y. larda qurilgan. Masʼudiy (Yu-a.)ning yozishicha, Kanpir devor qad. Sugʻd podsholari zamonida bino qilingan. Narshaxiy maʼlumoti Kanpir devorning qayta tiklangan davriga toʻgʻri keladi. Kanpir devor xarobalarini arxeologik jihatdan oʻrganish yozma manbalardagi maʼlumotni toʻla tasdiqladi. Masʼudiy xabar qilgan dastlabki koʻhna devor Narshaxiy yozgan Kanpir devorga qaraganda ancha kichik maydonni egallagan. Sunʼiy marza holida saqlangan. Kanpir devor xarobalarining eni 25—35 m, bal. 1—3 m, baʼzi yerlarda 4 m gacha yetadi. Dastlabki vaqtlarda uning kengligi 12—14 m, bal. 8—10 m, uz. 336 km boʻlgan;

2) qad. Sugʻd vohasini oʻrab olgan Kanpir devor 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida bino qilingan. Uz. 120 km. Sunʼiy koʻtarma holida saklangan Kanpir devor xarobasining kengligi 15—20 m, bal. 2—4m;

3) qad. Usrushona vohasini oʻrab olgan. Bu devor ham sunʼiy koʻtarma holida salangan boʻlib kengligi 15 — 20 m, baʼzi joylarda, hatto 25 m. Bal. 1 m dan 3 m gacha; 4) qad. Fargʻona vodiysining gʻarbidagi Kanpir devor 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida bino qilingan. Devor xarobasi shim. dan jan. ga yoʻnalgan boʻlib, juda yaxshi saqlangan. Kengligi 12—15 m, bal. 2—4 m;

5) qad. Toshkent vohasini shim. tarafdan oʻragan Kanpir devor Xoʻjakentdan Sirdaryogacha choʻzilgan boʻlib, xarobalarining kengligi 10 — 15 m, bal. 1—2 m. 8—9-a. larda Oʻrta Osiyoda arablar hukmronligi davrida Buxoro, Sugʻd va Usrushona vohalari atrofidagi Kanpir devorlar bir-biri bilan tutashtirilib, yagona mudofaa tizimi vujudga keltirilgan. Kanpir devorlar koʻchmanchi qabila, elatlarning oʻtroq dehkonchilik vohalariga bosqinchilik, talonchilik yurishlariga qarshi toʻsiq hosil qilish uchun bino etilgan. Ularning yoʻnalish chiziqlari Buxoro, Sugʻd, Usrushona, Toshkent va Gʻarbiy Fargʻona vohalarining 8—9-a. lardagi obod yerlari chegaralari va kattakichikligini aniqlashga yordam beradi. 10-a. da (somoniylar davrida) Kanpir devorlar oʻz ahamiyatini yoʻqotib, xarobaga aylana boshlagan (yana q. Mudofaa devorlari).

Ad. Muhamedov H., Qadimiy mudofaa devorlari, T., 1973.

Oʻtkir Alimov, Mirsodiq Isʼhoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x