KANNIBALIZM (frans. cannibale — odamxoʻr) — odam goʻshtini odam yeyishi. Tosh davrining eng qad. bosqichida yashagan ibtidoiy odamlarga xos. Keyinchalik, oziq-ovqat resurslari koʻpaygach, ocharchilik vaqtlaridagina kamdan-kam uchraydigan hodisa sifatida saqlangan. Diniy Kannibalizm ancha vaqt saqlanib, odamlar oʻldirilgan dushmanlar, oʻlgan qarindoshlar jasadlarining turli qismlarini yeyishgan; bunda odamlar oʻlikning kuch-quvvati va b. xususiyatlari uning goʻshtini yegan odamga oʻtadi degan tasavvurlardan kelib chiqishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые