KANNA KIYIK

KANNA KIYIK (Taurotragus oryx) – kuvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvonlarning bir turi. Gavdasining uz. 3,5 m, yagʻrinidan 1,8 m gacha, ogʻirligi 900 kg gacha. Dumi 60 sm gacha, uchi popukli. Shoxlari uzun, burama, tomogʻida teri burmasi bor. Juni och kulrang, sargʻish, Kanna kiyik Sharqiy va Jan. Afrikada tapqalgan; gala boʻlib yashaydi. Oʻtlar, daraxt va butalar bargi bilan oziqlanadi. Boʻgʻozlik davri 8,5—9 oy, bitta bola tugʻadi. Goʻshti va terisidan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x