KANAT

KANAT (rus. — arqon) — poʻlat sim yoki oʻsimlik tolalari, mineral yoki sintetik iplardan eshilib tayyorlanadigan egiluvchan buyum. Tayyorlanish usuliga koʻra, Kanat pishitilgan, pishitilmagan va oʻrilgan turlarga boʻlinadi. Poʻlat Kanat, odatda, 0,3—0,4 mm diametrli pishiq simlardan dumaloq va shakldor qilib tayyorlanadi Eshilgan dumaloq Kanat 1 oʻrimli (spiral), 2 oʻrimli (trosli) va 3 oʻrimli (kabeltli) boʻladi. Kanat qayishqoq va chidamli boʻlishi uchun oʻrtasiga tolali (tabiiy yoki sintetik ip) yoki metall oʻzak eshiladi. Eshilgan tutamda simlarning nuqtaviy, chiziqli yoki aralash tegadigan, shuningdek, bir tomonga pishitiladigan, yarmi chapga, yarmi oʻngga pishitiladigan Kanat turlari boʻladi. Pishitilmagan Kanat poʻlat simlar yoki spiral Kanatlar tutamidan iborat boʻlib, ustidan sim bilan oʻraladi, yo boʻlmasa qisqich bilan qisiladi. Metallmas Kanat tabiiy (paxta, jut, asbest) yoki sintetik (kapron, neylon, perlon va b.) tolalardan tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x